09:18 / 31.08.2015
3011

Saudiya Arabistonidagi yong‘indan jabrlanganlar soni 259 kishini tashkil etmoqda

30 avgust kuni Saudiya Arabistonining Al-Xubar shahridagi Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining xodimlari yashaydigan Radium turar joy majmuasi 1-qavatida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 10 kishi halok bo‘lgan. Yong‘in natijasida jarohat olib, shifoxonaga olib borilganlar soni esa 259 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistoni fuqarolik muhofazasi agentligiga asoslanib, Reyter nashri xabar qilgan.

Qayd etilishicha, qurbon bo‘lganlarning 5 nafar xorijliklardir. Ulardan 3 nafari kanadalik, yana 2 nafari Pokiston va Nigeriya fuqarolari bo‘lgan.

Bundan oldingi xabarlarda bu yong‘in tufayli 10 kishi halok bo‘lgani va 219 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.

Top