06:02 / 31.08.2015
2811

Vitaliy Denisov: "Lokomotiv" prezidenti futbolchilarga “Rossiyskiye jyeleznyye dorogi”ning yangi rahbarini tanishtirdi

Moskvaning “Lokomotiv” futbol jamoasi prezidenti Olga Smorodskaya jamoa futbolchilariga “Rossiyskiye jyeleznyye dorogi” (RJD) OAJning yangi rahbari Oleg Belozyorovni tanishtirdi. Bu haqda jurnalistlarga “Lokomotiv”ning o‘zbekistonlik o‘yinchisi Vitaliy Denisov ma'lum qildi.

Belozyorov o‘tgan haftada RJD prezidenti lavozimiga kompaniyaga 2005 yildan beri rahbarlik qilgan Vladimir Yakuninning o‘rniga keldi. 30 avgustda “Lokomotiv” o‘z maydonida “Krasnodar”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

“Olga Yurevna bizga Belozyorovni tanishtirdi. Belozyorov bizga bir nechta iliq so‘zlar aytdi. O‘ylaymanki, biz u bilan suhbatlashishimizga yana imkon bo‘ladi. Biz yangi rahbarni o‘yinlarimizda ko‘proq ko‘rishimizga umid bildiraman. Belozyorovning aytishicha, bugungi o‘yin unga yoqdi”, deb aytmoqda Denisov.

 

Top