21:24 / 31.08.2015
2339

«Volfsburg» o‘z tarkibiga Draksler va Danteni qo‘shib oldi

"Shalke-04" jamoasi yarimhimoyachisi Yulian Draksler o‘z futbolchilik faoliyatini "Volfsburg"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Germaniya terma jamoasi bidan jahon chempioniga aylanishga ulgurgan 21 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2020 yilgacha davom etadigan shartnoma tuzgan.

Biroz oldinroq, bu futbolchini sotib olish uchun "bo‘rilar" 36 mln yevro sarflashi ma'lum qilingandi.

Shuningdek, "Volfsburg" o‘z tarkibini "Bavariya"dan xarid qilingan braziliyalik himoyachi Dante bilan kuchaytirgan va u bilan 2018 yilgacha shartnoma tuzgan.

Top