16:57 / 31.08.2015
4858

Xitoy o‘zi ishlab chiqargan eng katta dronni sinovdan o‘tkazdi

Xitoy o‘zi ishlab chiqargan eng yirik uchuvchisiz uchar apparat Caihong-5ni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Xuantsyu shibao” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, uning birinchi parvozi Gansu viloyatida amalga oshirilgan bo‘lib, 20 daqiqa davom etdi.

Mahalliy matbuotda keltirilgan ma'lumotga ko‘ra, Caihong-5ning qanotlari kenglig 20 m ni tashkil qiladi. Dron havoda 30 soat qolishi mumkin. Uning maksimal massasi 3 tonnani tashkil qilib, shulardan 900 kg qismi yukka to‘g‘ri keladi.

Caihong-5ni o‘rta masofadan zarba berishi, shuningdek, razvedkada qo‘l kelishi mumkin.

Top