16:32 / 31.08.2015
2101

Yanuzay ijara asosida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o‘tmoqda

"Manchester Yunayted" jamoasining belgiyalik yosh yarimhimoyachisi Adnan Yanuzay bugun Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, tomonlar futbolchining 1 yil davomida Germaniyada ijara asosida harakat qilishi bo‘yicha kelishib olishgan.

Biroz oldinroq, Yanuzay "MYu"ning asosiy tarkibiga kirmoqchiligi va jamoani tark etmasligini aytgandi.

Ma'lumot uchun, Yanuzay yangi mavsumda APLning 2 turida maydonga tushdi va bir gol urdi. APLning 3 va 4 tur o‘yinlarida esa u ishtirok etmagandi.

Top