05:46 / 01.09.2015
2563

700 mingdan ko‘proq odam Meksika prezidentidan muxbirning o‘limini tergov qilishni talab qilmoqda

192 ta davlatdan 700 mingdan ko‘proq odam internetda joylashtirilgan, Meksika prezidenti Enrike Penya Netoga Mexikoda 2 avgustda muholif muxbir Ruben Espinosa va 4 nafar ayolning o‘limini “batafsil va xolis” tergov qilish talab qilingan murojaatda o‘z imzolarini qo‘ydilar, deb yozmoqda El Universal nashri.

“Verakrus gubernatori Xaver Duartening faoliyatini zudlik bilan to‘liq tergov qilish kerak. Biz jurnalistlarning hayotini himoya qilish bo‘yicha mavjud bo‘lgan tartibotlarni qayta ko‘rib chiqishni va Meskikada so‘z erkinligini himoyalay va kafolatlay oladigan yechimning tezlik bilan qabul qilinishini talab qilamiz”, deyilmoqda talabnomada.

Bir nechta jamoatchilik va jurnalistik tashkilotlar vakillari Espinosaning o‘limiga uning kasbiy faoliyati, xususan u tomonidan gubernator Duartening siyosatiga qarshi norozilik namoyishlarining yoritilishi sabab bo‘lganini aytishmoqda. Qayd etilishicha, Duarte 2010 yilda Verakrus viloyati gubernatori etib tayilgandan keyin viloyatda 15 nafar jurnalist o‘ldirilgan.

Avvalroq meksikalik muxbir Ruben Espinosa ommaviy qotillik qurboni bo‘lgani ma'lum qilingan edi.

Top