16:51 / 01.09.2015
3878

"Chelsi" "Nant" himoyachisi Jilobojini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi

Fransiyaning "Nant" jamoasi o‘zining senegallik futbolchisi Papi Jilobojini Londonning "Chelsi" jamoasiga transfer qilgani haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu himoyachi londonliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

2013 yildan buyon nantliklar sharafini himoya qilib kelgan bu 26 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida "Nant" safida 59 o‘yin o‘tkazgan va 3ta golga mualliflik qilgandi.

Qayd etish joizki, "Chelsi" jamoasi yangi mavsumni aynan himoyadagi kamchiliklar, Terri va Ivanovichning yaxshi sport formasida emasligi tufayli muvaffaqiyatsiz boshladi. Ayni paytda jamoa 4 turdan keyin 4 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 14 o‘rinda turibdi.

Top