17:06 / 01.09.2015
1903

De Bryuyne: Men uchun «Volfsburg» yaxshi pul olganidan xursandman

"Manchester Siti" klubining yangi a'zosi Kevin de Bryuyne sobiq jamoasiga omad tiladi.

"Hammasidan ham eng yaxshisi meni transfer qilish orqali "Volfsburg" yaxshigina mablag‘ oldi. Ikki yil avval "Chelsi"dan u yerga borganimda klub menga yordam bergandi", - deydi de Bryuyne.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" ushbu belgiyalik yosh futbolchi uchun 70 mln yevro to‘lab berishdi.

Yarimhimoyachi “bo‘rilar” safida 2014 yildan beri to‘p surib kelgan. O‘tgan mavsumda De Bryuyne Bundesligada 34 ta o‘yin o‘tkazgan hamda 10 ta to‘p urishga, 20 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. De Bryuyne jurnalistlar talqini bo‘yicha Germaniyada yil o‘yinchisi deb topilgan edi.

Top