11:18 / 01.09.2015
2524

Hujjatlar vaqtida rasmiylashtirilmagani uchun "Real" De Xeani transfer qilishda omadsizlikka uchradi

Yozgi transferlar davomida eng ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan David de Xeaning "MYu"dan "Real"ga o‘tish masalasi yakunda muvaffaqiyatsiz ravishda amalga oshdi.

Nashrlarda yozilishicha, "Manchester Yunayted" futbolchini transfer qilishda FIFA TMS tizimi bo‘yicha barcha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajargan. Lekin "Real" darvozabonni La Liga qaydnomasidan o‘tkazishga ulgurmagan.

Natijada, David de Xeaning transfer huquqi "Real"ga o‘tgan, ammo madridliklar uni qishki transferlardan keyingina Ispaniya chempionati o‘yinlariga tushirishi mumkin bo‘ladi.

Ispaniyadagi As nashri bunda "Manchester Yunayted"ni ayblab chiqqan bo‘lsa (faks o‘z vaqtida La ligaga yuborilmagan), ingliz matbuoti transferni so‘nggi kungacha cho‘zib kelgan "Real"ni aybdor qilmoqda.

Bundan oldinroq, “Real” De Xeaga 25 mln yevro to‘lashi va qo‘shimcha sifatida Navasni berishi xabar qilingandi.

Top