12:56 / 01.09.2015
2445

Janubiy Koreya prezidenti: Seul hamda Pxenyan tinchlik va birlashish tomon harakatni boshlashi mumkin

Koreya Respublikasi va KXDR o‘tgan hafta Pxanmunjomda bo‘lib o‘tgan keskinlikni yumshatishga bag‘ishlangan kelishuv shartlariga rioya qilgan holda tinchlik va birlashish tomon harakatni boshlashi mumkin. Bu haqda seshanba, 1 sentabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe ma'lum qildi.

“Agarda qiyinchilik bilan erishilgan kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshsa, tomonlar hamkorlik, tinchlik va birlashish sari olg‘a qadam tashlashni boshlashi mumkin”, – dedi prezident vazirlar mahkamasi yig‘ilishida. Koreya Respublikasi yetakchisi ikki mamlakat 1950-1953 yillardagi urush vaqtida ajralib ketgan oilalar qarindoshlari uchrashuvining muvaffaqiyatli tarzda tashkil etilishiga umid bildirdi. Uchrashuvni tashkil etish borasida muzokaralar 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uning o‘zi esa 27 sentabr — koreys xalqi hosil bayrami va ajdodlarni yod olish Chusok marosimini o‘tkazadigan sanada tashkil etilishi belgilangan.

Top