12:00 / 01.09.2015
5274

Jizzaxda haydovchilar o‘rtasida “yo‘l bermaslik” tufayli mushtlashuv kelib chiqdi

Jizzaxda haydovchilar o‘rtasida “yo‘l bermaslik” tufayli mushtlashuv kelib chiqdi. Bu haqda “Na postu” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, aka-uka Emin va Amin “Jiguli” mashinasida MAN yuk tashuvchi mashinasini quvib o‘tishgan. Quvib o‘tish tor joyda amalga oshgani uchun bu yuk mashinasi haydovchisiga qiyinchilik tug‘dirgan.
Yuk mashinasi haydovchisining norozi qiyofasini ko‘rgan Emin ukasiga mashinani to‘xtatishni buyurib, yuk mashinasining haydovchisi va uning yordamchisi bilan dahanaki jangga kirishib ketgan.

Aka-ukalar ularni “yo‘l bermaslik”da ayblagan.
Og‘zaki janjal mushtlashuvga o‘tib ketgan. Buning natijasida aka-ukalar voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, javobgarlikka tortilgan.

Top