22:23 / 01.09.2015
2770

LinkedIn ijtimoiy tarmog‘iga messenjer kiritildi

LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i messenjerga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda Recode axborot agentligi. 

Ayni paytda funksiya sinovdan o‘ktazilmoqda va undan “ingliz tilidagi auditoriyaning 10 foizi” foydalana olishi mumkin. Messenjer foydalanuvchilarga oddiy xabar yuborishdan boshqa qandaydir funksiyalarga ega emas.

Bundan avval LinkedIn’da o‘zaro xabarlar yozishda ko‘proq elektron pochtani eslatib yuboruvchi InMail xizmatidan foydalanilgan.

Top