12:46 / 01.09.2015
2004

"Manchester Yunayted" darvozaboni Anders Lindegor "Vest Bromvich" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

"Manchester Yunayted"ning ikkinchi raqamli darvozaboni bo‘lgan Anders Lindegor Angliyaning boshqa bir jamoasi "Vest Bromvich" safiga yo‘l oldi.

31 yoshli ushbu daniyalik darvozabon "qorayaloqlar" safiga erkin agent sifatida o‘tgan.

Endi u 21 raqam ostida harakat qiladi va Ben Foster va Boaz Mayxill bilan asosiy tarkibga kirish uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq, "MYu"dan Darren Fletcher va Jonni Evans ham "Vest Bromvich" safiga o‘tgandi.

Top