14:51 / 01.09.2015
4268

My.gov.uz orqali tabiiy gaz hisoblagichini o‘rnatish va ularni yechib olish imkoniyati tug‘ildi

Yagona interfaol davlat xizmatlari portaliga tabiiy gazni hisobga olish priborini o‘rnatish, uni yechib olish uchun ariza yuborish imkonini beruvchi xizmatlar ishga tushirildi.

“Oila davrasida” nashrining ma'lum qilishicha, buning uchun portalda maxsus elektron shakldagi arizani to‘ldirish lozim. Pribor o‘rnatilgach, uning foydalanishga yaroqliligi haqidagi Dalat metrologiya ximat sertfikati nusxasini gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisiga taqdim etish kerak.

Gaz ta'minoti tashkiloti mutaxassisining borib, gazni hisobga olish priborini o‘rnatishi yoki o‘rnatmaslik haqida dalolatnoma tuzishi bepuldir.

Top