19:04 / 01.09.2015
2702

Navas hujjatlarning kechikkani tufayli "Real" bazasiga qaytib keldi

"Real"ning kosta-rikalik darvozaboni Keylor Navas "MYu" va "Real" o‘rtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlangani tufayli yana klub qarorgohi "Valdebebas"ga qaytib keldi.

David De Xeaning "Real"ga transfer qilinishi bo‘yicha kerakli hujjatlar o‘z vaqtida kerakli joylarga yetkazib berilmagani sababli kosta-rikalik posbon faoliyatini Madridda davom ettiradi. U bugun klub ixtiyoriga qaytib keldi va ertaga Kosta-Rika termasi safida maydonga tushish uchun vataniga jo‘nab ketadi", deyiladi madridliklar jamoasining rasmiy saytida.

Top