09:43 / 01.09.2015
4616

OAV: AQSh Rossiya bilan Arktika uchun poyga o‘ynamoqda

AQShning ayrim kongressmenlari va siyosatchilari Vashington Arktika bo‘yicha bahsda Moskvadan ortda qolmoqda, deb hisoblaydi. Bu The New York Times’da chop etilgan “AQSh Rossiya bilan Arktika uchun poyga o‘ynamoqda” nomli maqolada e'tirof etildi.

Ta'kidlanishicha, AQShning Arktika floti yetarli darajada takomillashmagan, zaruriy infrastruktura yaratilmagan, Arktikadagi dengiz chegaralarini nazorat qilishga kemalar yetishmaydi.
Arktika uchun bahslarni ayrim tahlilchilar “Yangi sovuq urush” deb atamoqda. Shunga qaramay, Pentagon ushbu mintaqaga milliardlab mablag‘ sarflashga tayyor emas, Rossiya esa bor imkoniyatlarini ishga solib, u yerda yangi bazalar qurmoqda yoki eskilarini tiklamoqda.

“AQSh bu o‘yinga kirgani yo‘q”, - dedi nafaqadagi admiral Robert Papp, ushbu bahs haqidagi savolga javob berarkan.
Bundan tashqari, Arktikaning tabiiy boyliklari nafaqat AQSh va Rossiyani, balki mintaqaning boshqa davlatlarini ham o‘ziga jalb etmoqda. AQShning Arktikadagi ulushi Rossiya, Kanada, Norvegiya va Daniyaning ulushidan kamroqdir. Uning ulushi faqat Islandiyaning ulushidan kattaroqdir.

Top