12:44 / 01.09.2015
17053

Sirdaryolik ayol o‘ynashi bilan til biriktirib, erini o‘ldirdi

Sirdaryoning Yangiyer tumanida istiqomat qiluvchi oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida oila rahbari halok bo‘ldi. Voqea tafsilotlari “Postda” gazetasida yoritildi.

Aytilishicha, Mirali ismli shaxs bir necha yilga chet elga ketgan paytida uning rafiqasi Maktuba Soyib ismli yigit bilan topishib qolgan. Ular uzoq vaqt uchrashib yurishgan.

Mirali chet eldan qaytib kelgach, Maktuba o‘ynashiga erini o‘ldirib, mol-mulkiga ega chiqishni taklif qilgan. Rafiqasidan gumonsirab yurgan Mirali bir kuni qarindoshining to‘yidan ertaroq chiqib, uyiga kirib kelganida rafiqasini jazmani bilan tutib olgan. Vaziyatdan foydalangan Soyib va Maktuba Miralini kaltaklab, o‘ldirishgan. Ertasiga Maktuba IIBga borib, tunda noma'lum shaxslar uning uyiga bostirib kirganini va erini o‘ldirib ketganini aytgan.

Voqea joyiga yetib borgan tergovchilar surishtiruv ishlaridan so‘ng ayolning yolg‘on guvohlik berganini aniqlab, uning o‘zini javobgarlikka tortgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top