02:24 / 01.09.2015
2402

The Times: “Manchester Yunayted” Martial uchun 36 mln funt sterling to‘laydi

“Monako” hujumchisi Antoni Martial “Manchester Yunayted”ga o‘tishiga yaqin turibdi. The Times nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, klublar 19 yoshli fransuz futbolchisining 36 mln funt sterlingga o‘tishini kelishib oldilar.

Martial Angliyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun uchib ketdi.

Avvalroq Martial “Manchester Yunayted”ga 80 mln yevroga aylanishi mumkinligi aytilgandi.

O‘tgan mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida 35 ta o‘yinda 9 ta to‘p (bittasi penaltidan) urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Top