09:15 / 01.09.2015
3285

Xitoydagi yana bir kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

Xitoy OAVlarining xabar berishicha, 31 avgust kuni kechasi Shandun provinsiyasining Dun'in okrugi hududida joylashgan sanoat hududida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, bu portlash ham kimyoviy zavodda yuz bergan. "Jenmin Jibao" nashrining tvitterida bu portlash tasvirlangan videoyozuv joylashtirilgan.

Ayni vaqtda hodisa bo‘yicha batafsil ma'lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni Xitoy sharqidagi Tyantszin shahridagi kimyoviy moddalar saqlangan omborxonada ham portlashlar sodir bo‘lgan, natijada kamida 150 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgandi. Shuningdek, bu portlash tufayli jabrlanganlar soni 360 nafardan oshgan.

Top