19:02 / 02.09.2015
3005

772 ot kuchiga ega Tesla krossoverining tafsilotlari oshkor etildi

Tesla Model X krossoveri Tesla Motors kompaniyasi tomonidan to‘laligicha oshkor etildi. Elektr krossoverga oldindan buyurtma bergan mijozlar uchun modelning onlayn konfiguratori ochildi. Ayni paytda faqat maxsus Tesla Model X — Signature modifikatsiyasini xarid qilish mumkin.

Model ikkita elektromotorga ega. Dvigatellar 90 Kv/soat hajmdagi batareyalar komplektiga ega. Mashina 3.8 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi. Uning maksimal tezligi 250 km/soatni tashkil etadi. Signature’ning yurish zaxirasi 386 km ni tashkil qiladi.

Krossoverning optsiyalari qatoriga farkop, pritsep buksir tizimi, qizituvchi rul, orqa o‘rindiqlar qatori, Ludicrous Mode rejimi kiradi. Oxirgisining narxi 10 ming dollar bo‘lib, tezlik olish vaqtini 3.2 sekundda 96 km/soatga yetkazish imkonini beradi.
Mashina narxi 132-144 ming dollarni tashkil qiladi. Model X’ning oddiy versiyasi Signature’dan 25 ming dollarga arzonroq bo‘ladi.

Top