06:30 / 02.09.2015
3835

Tsyurixda autizmdan aziyat chekuvchi bolaning oilasi uning yig‘lagani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

Swiss International Air Lines aviakompaniyasi vakillari Tsyurixdan Jyenevaga uchib ketmoqchi bo‘lgan isroillik oilani autizmdan aziyat chekuvchi farzandi yig‘lagani uchun samolyotdan tushirib yubordi.

Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda. Voqea bir haftacha avval sodir bo‘lgan, biroq bu haqda 1 sentabrdagina ma'lum bo‘ldi.

Layner endi havoga ko‘tarilmoqchi bo‘lganda 8 yoshli Yaxeli Zalmanovich qo‘rqib yig‘lashni boshlagan. Ekipaj bolaning ota-onasidan samolyotni tark etishni so‘ragan. “Soat kechasi 10 bo‘lishiga qaramasdan, bizni yukimiz bilan birga samolyotdan tushirib yuborishdi. Biz bundan karaxtga holga tushdik va o‘zimizni haqoratlangandek his qildik. Yaxshiyamki, Jyenevaga ketadigan oxirgi poyezdga o‘tirib, u yerga yetib oldik”, deb aytmoqda bolaning onasi.

Ayolning aytishicha, aviakompaniya oilaning orqaga uchish chiptalarini bekor qilgan, biroq chipta narxi – 2 ming shveysar frankini (2,08 ming dollar) qaytarib berishga rozi bo‘lgan.

Top