11:12 / 02.09.2015
1988

Denis Istomin US Open turnirining ikkinchi davrasiga o‘tdi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yilning to‘rtta nufuzli turniridan biri, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.

U 1 sentabr kuni ilk davrada Benjamin Bekkerga qarshi kortga chiqdi.

Ayni vaqtda germaniyalik tennischi dunyo reytingida 73, Istomin 70-o‘rinni egallab turibdi.

2 soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda O‘zbekiston vakili 6:7(9), 6:4, 6:4, 6:1 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Qayd etish kerakki, Istomin shu vaqtgacha Bekkerga qarshi 5ta o‘yin o‘tkazib, 4tasida g‘alaba qozongandi.

Endi Istomin ikkinchi bosqichda avstriyalik Dominik Tim bilan o‘ynaydi. Dominik Tim birinchi davrada ispaniyalik Daniel Gimeno-Traverni mag‘lubiyatga uchratdi.

Istomin turnirning juftlik bahslarida o‘z sherigi Aleksandr Buriy (Belarus) bilan birgalikda birinchi davrani Yanko Tipsarevich (Serbiya) hamda Radu Albot (Moldaviya) juftligiga qarshi kortga chiqadi.

Top