20:16 / 02.09.2015
3257

IFA 2015: Acer "geymerlar" uchun mo‘ljallangan smartfon taqdim etdi

Berlinda davom etayotgan IFA 2015 ko‘rgazmasida Acer kompaniyasi “geymerlar” uchun mo‘ljallangan smartfon taqdim etdi.

Acer Predator 6 deb nomlangan qurilma 6 dyuymli displey va 4ta dinamikka, shuningdek, o‘yin kontrollerlaridagi kabi vibratsiyaga ham ega.

Qurilmaga 10ta yadroli MediaTek MTK 6797 Helio X20 protsessori hamda 4 GB tezkor xotira o‘rnatilgan. Asosiy kamera 12 Mp. Hozirda kompaniya smartfonning boshqa ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot bermadi. 

Top