20:05 / 02.09.2015
3455

IFA 2015: Huawei elektron tarozi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan smartfon taqdim etdi

Berlinda boshlangan IFA 2015 ko‘rgazmasida Huawei kompaniyasi Mate fableti seriyasining davomi Mate S smartfonini taqdim etdi.

U 8ta yadroli Kirin 935 protsessori, 3 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotiraga ega. Asosiy kamera 13 Mp, old kamera 8 Mp.ga teng. Akkumulyator quvvati 3000 mA/soat.

Unga AMOLED texnologiyasida ishlaydigan 5,5 dyuymli, 2.5D  usuldagi bukilgan displey o‘rnatilgan. Shuningdek, barmoq bosish kuchini aniqlay oladigan Force Touch texnologiyasi ham mavjud bo‘lib, qurilmadan elektron tarozi sifatida ham foydalanish mumkin.  

Top