08:15 / 02.09.2015
4358

Pentagon: KXDRda Janubiy Koreya ustidan g‘alaba qozonishga imkoniyat yo‘q

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter yirik masshtabli qurolli mojaro kelib chiqqan taqdirda, KXDRda Janubiy Koreya ustidan g‘alaba qozonishga hech qanday imkoniyatlar yo‘q ekanini ma'lum qildi, deya xabar tarqatdi Reuters agentligi.

“Biz KXDR hukumati ular tomonidan uyushtiriladigan har qanday tashviqot javobsiz qolmasligini tushunib yetishiga erishishimiz kerak. Shu bilan birga, ular biz va Janubiy Koreyadagi ittifoqchilarimiz ustidan g‘alaba qozonishga ham imkonsiz”, – deya qayd etdi u.

Karter zarurat tug‘ilgan taqdirda, ittifoqchilar va hamkorlar tomonidan Koreya Respublikasini qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini ham ta'kidlab o‘tdi.

Top