16:08 / 02.09.2015
2248

Suriyaning Latakiya shahridagi portlash natijasida 7 kishi halok bo‘ldi

Suriya hududidagi "Jibhod an-Nasr" guruhi jangarilari Damashqdan 340 km uzoqlikdagi Latakiya shahrida terakt amalga oshirishdi.

Suriyaning al-En portalida ma'lum qilinishicha, mamlakatning eng yirik port shaharlaridan hisoblanuvchi bu shahardagi terakt 7 kishini hayotdan olib ketgan va kamida 45 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan.

Portlash shaharning Xamam maydonida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi modda harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan.

Bugun ertalab Suriya huquq-tartibot organlari shaharning 2 joyida terakt amalga oshirilishining oldini olishgandi.

Top