14:01 / 02.09.2015
7664

Tojikiston prezidenti fuqarolarni ikki yillik oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yishga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat fuqarolarini iqtisodiy inqiroz tufayli ikki yillik oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Mana bir necha yildirki biz xalqni ikki yilga oldinga oziq-ovqat g‘amlab qo‘yishga chaqiramiz. Bu juda muhimdir. Ayniqsa bu yili mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari serob bo‘lgan paytda bunday imkoniyatdan har bir oila foydalanib qolishi lozim”, deb aytmoqda prezident.

Rahmon joriy yilda dunyodagi geosiyosiy vaziyat, milliy valyutalarning qadrsizlanishi va juda sovuq kuzgi-qishki mavsum mamlakat aholisining turmushiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Biroq shu bilan birga Rahmon 2015 yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida omadli kelganini va har bir oila bu imkoniyatdan foydalanish huquqiga ega ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top