13:46 / 02.09.2015
2638

Xitoy sharqidagi kimyo zavodi portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning sharqidagi kimyo zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Voqea “Binyuan” kompaniyasining Litszin shahrida (Shandun viloyati) joylashgan zavodi hududida sodir bo‘ldi. Portlash natijasida korxonada yong‘in boshlandi.

Ayni paytda avariya sabablari aniqlanmoqda. Bundan tashqari, qutqaruvchilar vayronalar ostida qolib ketgani taxmin qilinayotgan odamlarni qidirmoqda.

Top