11:14 / 03.09.2015
2038

“Domodedovo”dagi yong‘in bartaraf etilib, yo‘lovchilar aeroportga qaytarildi

Moskvadagi “Domodedovo” aeroportida kelib chiqqan yong‘in bartaraf qilinib, yo‘lovchilar va personal bino ichiga qaytarildi. Bu haqda aeroport ma'muriyatidagi manbasiga tayangan holda RIA Novosti agentligi yozmoqda.

Ilgariroq aeroportda 3 ming kishi yong‘in xavfi tufayli evakuatsiya qilingani xabar qilingan edi.
15 m maydonni qamrab olgan yong‘in yukxonada kelib chiqqan bo‘lib, u hozirlikda o‘chirilgan.
Taxmin qilinishicha, yong‘in ushbu qavatda olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli kelib chiqqan. Yong‘in sababi sifatida elektr uskunaning nosozligi ko‘rsatilmoqda.

Top