09:09 / 03.09.2015
1577

Bayden 2016 yilgi saylovda qatnashish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishga yaqin turibdi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden yaqin orada Florida shtatida ikkita muhim tadbir o‘tkazadi va uning natijalariga ko‘ra uning 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Bayden avval Mayami-Deyd kollejida nutq so‘zlaydi, keyin esa Demokratik partiyaning homiylik tadbirida ishtirok etadi. Bayden u yerda o‘z saylov kampaniyasining ehtimoliy homiylari bilan suhbatlashadi.

Qayd etilishicha, Florida shtati AQShdagi saylovlarda hal qiluvchi shtatlardan hisoblanadi.

Top