20:29 / 03.09.2015
10694

BMT: "IShID" bir qator mag‘lubiyatlardan keyin o‘z taktikasini o‘zgartirdi

"IShID" jangarilari kurdlar bilan janglar davomida Suriyadagi bir qancha hududlarini boy berdi. Bu haqda BMTning Inson huquqlari himoyasi bo‘yicha kengashi vakili Paulo Serjiu Pineyru ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kurd askarlari bilan janglardagi mag‘lubiyatlardan keyin jangarilar o‘z taktikalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda. U endilikda "IShID" keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni to‘xtatib, xudkush jangarilar, avtomobillarga o‘rnatilgan minalar va qo‘qqisdan hujum qilish vositalaridan foydalanishni boshladi.

Biroz oldinroq, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi tomonidan chop etilgan hisobotda Suriyada ziddiyatga kirishgan tomonlarning barchasi oddiy aholi vakillariga nisbatan zo‘ravonlik bilan munosabatda bo‘layotgani qayd etilgandi.

Top