23:19 / 03.09.2015
5717

Chexiyaning “Banik” klubi bosh murabbiyi o‘z futbolchilarini kubok musobaqasidan chiqib ketgani uchun antiqa yo‘l bilan jazoladi

Chexiyaning “Banik” klubi bosh murabbiyi (Chexiya oliy ligasida oxirgi o‘rinni egallab turibdi) o‘z jamoasining mamlakat kubogi musobaqasidan chiqib ketgani uchun uni antiqa yo‘l bilan jazolashga qaror qildi. “Banik” musobaqada “Iskra Rimarjov” yarimprofessional klubiga imkoniyatni boy berdi. 

Bosh murabbiy qarori bilan jamoa futbolchilari 5 kun davomida 7 dan 9 gacha jamoa bazasining qurilish ishlarida yordam beradigan bo‘ldilar.

“Bu bizning o‘yinchilarimizga o‘z professional majburiyatlariga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini bilishlariga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda ular o‘zlari yutqazgan klub futbolchilari qanday yashashlarini anglaydilar”, deb aytdi bosh murabbiy Radomir Korijar.

Top