16:21 / 03.09.2015
1924

Malayziya qirg‘oqlarida bortida 100ga yaqin muhojir bo‘lgan yog‘och qayiq ag‘darilib ketdi

Malayziyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida bortida 100ga yaqin muhojir bo‘lgan yoqoch qayiq ag‘darilib ketdi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.

Faqatgina 12 kishining hayoti qutqarib qolingan. Halok bo‘lgan bir qancha jasadlarni mahalliy baliqchilar suv yuzasidan chiqarib olgan, qolganlar esa bedarak yo‘qolgan, deya e'lon qilindi. Baxtsiz hodisa joyiga kema va samolyotlar yo‘naltirilgan.

Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, qayiqda o‘z yurtiga — Sumatra provinsiyasiga qaytayotgan indoneziyalik noqonuniy baliqchilar bo‘lgan. Odamlar bilan liq to‘la qayiq kuchli shtormga duch kelgan va ag‘darilib ketgan.

Top