10:46 / 03.09.2015
1759

"Manchester Yunayted" De Xeani Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritdi

"Manchester Yunayted" klubi darvozabon David De Xeani Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan tarkibga kiritdi. Jamoaning yana bir ispaniyalik posboni Viktor Valdes esa bu ro‘yxatda yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlarning so‘nggi soniyalarida De Xeaning "Real"ga tranferi amalga oshmay qolgan edi.

"Manchester Yunayted"ning YeChL uchun qaydnomadan o‘tkazgan futbolchilari bilan quyida tanishish mumkin.

Darvozabonlar: De Xea, Romero, Jonston.
Himoyachilar: Jons, Roxo, Smolling, Shou, Varela, Makneyr, Darmian.
Yarim himoyachilar: Karrik, Blind, Yang, Errera, Pauell, Valensiya, Fellayni, Shnayderlin, Shvaynshtayger, Lingard, Mata, Pereyra.
Hujumchilar: Uilson, Runi, Marsyal, Depay.

"MYu" YeChLning yangi mavsumida Moskvaning TsSKA, Germaniyaning "Volfsburg" hamda Gollandiyaning PSV jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Jamoa birinchi turni safarda, 15 sentabr kuni PSV jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Top