17:21 / 03.09.2015
2442

OAV: Hermés timsohlar bilan bog‘liq janjal tufayli Birkin sumkalariga yangi nom qidirmoqda

Hermés timsohlar bilan bog‘liq janjal tufayli Birkin sumkalariga yangi nom qidirmoqda. Bu haqda Luxurylaunches.com sayti xabar bermoqda. Aktrisa Jyeyn Birkin ushbu brendga murojaat qilib, uning familiyasini mahsulot nomidan olib tashlashni so‘radi.

Birkin sumkalarining narxi 10 ming dollarni tashkil qiladi. Timsoh terisidan qilingan model narxi 300 ming dollargacha borishi mumkin. Ammo bir muddat oldin PETA tashkiloti aktrisaga murojaat qilib, fermalarda timsohlarga vahshiy munosabatda bo‘linishini xabar qildi. Timsoh boquvchilarning “dahshatli” metodlaridan xabar topgan aktrisa Birkin Croco brendi aksessuarlaridan voz kechishga qaror qildi.

Faqatgina xalqaro standartlarga mos amaliyotlar qo‘llana boshlagandagina eski nom qaytarilishi mumkin.
Kompaniya mutasaddilari ham fermalarda qo‘llanadigan amaliyotlarda dahshatda ekanliklarini bildirishmoqda.
Brendning Birkin bilan munosabatlari 34 yil davom etdi.

Top