10:05 / 03.09.2015
2157

Obama Qutb chizig‘idan o‘tgan birinchi prezident bo‘ldi

Barak Obama AQShning Qutb chizig‘idan narida joylashgan hududlarida bo‘lgan amaldagi birinchi prezident sifatida tarixga kirdi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Prezidentning samolyoti mintaqada joylashgan Kotsebu aholijoyiga borib qo‘ndi. AQSh aholini ro‘yxatdan o‘tkazish byurosi ma'lumotlariga qaraganda, 2010 yilda u yerda 3.2 ming kishi istiqomat qilgan.
Mamlakat rahbari mahalliy aholi bilan uchrashib, ularga uzoq shaharlarga federal yordam berish dasturi haqida gapirib beradi.

Top