06:31 / 03.09.2015
1965

Oq uy Eron bilan kelishuvning to‘sib qo‘yilishi yuz bermasligi uchun Kongressning qo‘llab-quvvatlashi va'dasini oldi

AQSh Kongressi senatining respublikachilar muholifati Eron bo‘yicha kelishuvni to‘liq to‘sib qo‘yishga imkoniyatlarini yo‘qotdi. Senator-demokrat Barbara Mikalski ovoz berish jarayonida kelishuvni qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi. Shu tariqa agar respublikachilar bu kelishuvni rad etsalar ham, AQSh prezidenti bu qarorga respublikachilar yengib o‘ta olmaydigan taqiqlov qo‘yishi mumkin.

Respublikachilar ko‘pchilik ovoz bilan kelishuvning qabul qilinishini rad etishlari mumkin. Bundan keyin Obama Kongressning tegishli qaroriga taqiqlov qo‘yadi. So‘ngra kelishuvga qarshi chiqayotganlar prezident taqiqlovini yenga olishlari uchun ularga Senatdagi 100 ta ovozdan 67 tasi zarur bo‘ladi. Biroq endi respublikachilar bunday ovoz to‘play olishmaydi, chunki ayni paytga kelib bu kelishuvni 34 nafar senator qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi.

Top