21:04 / 03.09.2015
5137

O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasidagi uchrashuvda Yamanni kichik hisobda yengdi

Toshkent shahridagi "Paxtakor" markaziy o‘yingohida O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralashning ikkinchi bosqichidagi ikkinchi o‘yinini Yaman terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Ushbu o‘yin ikkinchi saralash bosqichining 3 turi hisoblanib, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turda dam olgandi. Ikkinchi tur esa safarda KXDR termasiga qarshi o‘tkazilib, 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytilgan edi. Yaman esa bungacha o‘tkazilgan ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgandi. Birinchi tur KXDRga qarshi o‘tkazilgan, o‘yin yamanliklarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan, lekin keyinchalik jamoaga qoidalarni buzgani uchun 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozilgandi. Ikkinchi turda esa Filippin Yamanni 2:0 hisobida mag‘lub etgan.

Bugungi o‘yinning birinchi taymida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymning boshidan Server Jyeparov o‘rnida Aleksandr Geynrix maydonda g‘arakat qila boshladi. Aynan u 51 daqiqada jarima zarbasini golga aylantirdi. Uning goli o‘yin oxirigacha yagonaligini saqlab qoldi.

O‘yinning 82 daqiqasida yamanliklar vakili Mudir al Radei ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

O‘zbekiston terma jamosi keyingi o‘yinni safarda Filippin terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan 8 sentabr kuni, soat 20:00da boshlanadi.

O‘ZBeKISTON - YaMAN 1:0
Gol: Aleksandr Geynrix 51, - 1:0.
O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 2.Yegor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 14.Javohir Sohibov, 9.Odil Ahmedov, 10.Sardor Rashidov, 23.Eldor Shomurodov (6.Jasur Hasanov, 55), 8.Server Jyeparov (15.Aleksandr Geynrix, 46), 11.Igor Sergeyev (17.Sanjar Tursunov, 87).

Yaman: 1.Muhammad Ibrohim Ali Ayyash, 3.Muhammad Fuad, 4.Mudir Al Radei, 5.Abdulmuain Al Jarshi, 6.Fuad Solih Al Omaisi (18.Ahmad Abdulloh Alos, 77), 7.Volid Mohd Al Hubaishi, 10.Aiman Al Xagri (16.Yosir Ahmad Basuhai, 64), 12.Ahmad Ali Al Xifi, 14.Hamada Ahmad Al Zubairi, 17.Tavfik Ali (21.Ahmad Abdulhakim Al Sarori, 10), 19.Muhammad Ali Boqshan.
Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov 45+3, Mudir Al Radei 51,
Chetlatish: Mudir Al Radei 87 (2SK)

Top