22:58 / 03.09.2015
6306

Putin tinchlikni saqlashda Ikkinchi jahon urushi saboqlarini hisobga olish zarurligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoda harbiy to‘qnashuvlarni minimumga keltirish uchun Ikkinchi jahon urushi saboqlarini hisobga olish zarurligini aytdi. RIA “Novosti” ma'lum qilganidek, Putin bu haqda 3 sentabr kuni Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bilan Pekindagi uchrashuvi davomida aytib o‘tdi. 

Putin Rossiya va Xitoy xalqlari “bosqinchilar o‘zlarini vaqtinchalik bosib olgan hududlarida qanday shafqatsizlarcha tutganlarini va buning oqibati qanday ko‘p miqdorda qurbonlarga olib kelganini” unutmasliklari kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Tszinpin javob nutqida Rossiya va Xitoy tarixiy dalillarning buzib ko‘rsatilishiga birgalikda qarshi turishlari kerakligini hamda Xitoy “Rossiya bilan ko‘p tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirishda” davom etayotganligini ta'kidlab o‘tdi.

Putin Xitoyda ikki kunlik tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bu tashrif davomida Rossiya rahbari Pekinda mamlakat tarixidagi birinchi harbiy paradda ishtirok etdi. Bu parad Xitoyning Ikinchi jahon urushidagi g‘alabasining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi. Putin, shuningdek, Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda Yevroosiyo ittifoqini shakllantirish borasida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Top