15:13 / 03.09.2015
2305

Rossiyaga Bolgariya mahsulotlari olib kirilishi taqiqlab qo‘yildi

Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati qo‘mitasi (Rosselxoznadzor) 1 sentabrdan boshlab fitosanitariya sertifikatiga ega bo‘lgan Bolgariya davlati mahsulotlarini Rossiyaga olib kirilishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda «Interfaks» tashkilot bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

Mazkur qaror Bolgariya oziq-ovqat xavfsizligi agentligi tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotlarning fitosanitariya sertifikatlari qalbaki ekani haqidagi murojaati sabab chiqarilgan.

Oldinroq, Rosselxoznadzor Rossiyaga Bolgariya o‘simlik mahsulotlarini qayta eksport qilishini taqiqlab qo‘ygandi.

Hududga kirib kelayotgan olma mevasining bir partiyasi tekshirilganda, uning sanitariya talablariga javob bermasligi sabab shunday qarorga kelingandi. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, Bolgariyadan qayta eksport qilingan mahsulotlar uchun sanitariya sertifikatlarining qalbaki variantlari asosan Marokash davlatidan kelgan.

Top