10:31 / 04.09.2015
9895

23 yoshli talaba vafotidan so‘ng Dushanbe IIBning to‘rt militsioneri o‘ldirib ketildi

Tojikiston poytaxti Dushanbega tutash Vaxdat shahar ichki ishlar bo‘limiga uyushtirilgan bosqinchilik tufayli to‘rt nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi, deya xabar berdi RIA “Novosti”.

Hujum uyushtirgan yetti nafar jinoyatchi yashiringan.

Axborot manbasining ma'lum qilishicha, jinoyatchilar hujum oldidan mahalliy harbiy qismdan katta miqdorda o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni o‘g‘irlab chiqishgan.

“Bosqinchilar — 23 yoshli talaba Umar Bobojonovning yaqinlari va qarindoshlaridan iborat guruhdir”, – dedi Tojikiston IIVdagi axborot manbasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ta'til vaqtini Tojikistonda o‘tkazayotgan Sankt-Peterburg davlat universiteti talabasi Bobojonov 28 avgust kuni soqol o‘stirib yurgani uchun Vaxdat IIBga olib kelingan. 29 avgust kuni esa ko‘plab tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 3 sentabr kuni esa Bobojonov vafot etgan. Tojikiston IIV rahbariyati mazkur holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Militsiya xodimlari o‘limidan so‘ng poytaxt Dushanbe shahri ko‘chalarida patrullik qilish kuchaytirilgan va operativ tuzilmalarda xavf trevogasi e'lon qilingan.

Top