21:13 / 04.09.2015
2807

AQShda ishsizlik darajasi 2008 yildagi minimum ko‘rsatkichga tushdi

Avgustda AQShda ishsizlik darajasi 2008 yildagi minimum ko‘rsatkichiga – 5,1 foizga tushdi. Iyulda bu ko‘rsatkich 5,3 foizlik darajada qayd etilgan edi, deb AQSh mehnat statistika byurosi ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ekspertlar AQShda avgustda ishsizlik darajasi 5,2 foizgacha tushishini prognoz qilgan edilar. Ishsizlik darajasining o‘sishi oxirgi marta 2015 yilning may oyida kuzatilgan. O‘shanda bu ko‘rsatkich 5,4 foizdan 5,5 foizga ko‘tarilgan edi.

Top