22:58 / 04.09.2015
4659

AQShning Tojikistondagi elchixonasi mamlakatdagi bir qator hujumlar sababli ishini to‘xtatib qo‘ydi

AQShning Tojikistondagi elchixonasi mamlakatda yuz bergan bir qator hujumlar sababli ishini to‘xtatib qo‘ydi, deb ma'lum qildi RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Elchixonadagi ish noma'lum vaqtga vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatib qo‘yildi”, deb ma'lum qildi elchixona vakili.

Bundan avval Dushanbe aeroporti yaqinida huquq-tartibot muassasalari xodimlari va jinoyatchilar o‘rtasida otishma yuz bergani ma'lum qilingandi. To‘qnashuv oqibatida OMONning ikki nafar jangchisi va DAN noziri halok bo‘lgan, yana bir nozir og‘ir jarohatlar olgan. Bundan bir necha soat oldin esa Dushanbe yaqinidagi Vaxdat shahri ichki ishlar bo‘limiga hujum qilinishi oqibatida 4 nafar militsiya xodimi halok bo‘lgan edi

Top