11:13 / 04.09.2015
3147

Yevro-2016 saralashining uchta guruhida 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi

3 sentabr oqshomida ko‘hna qit'aning bir qator stadionlarida Yevropa chempionati saralash bosqichining guruhlardagi 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“A” guruhi

"A" guruhida kutilmaganda Gollandiya terma jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Islandiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘z maydonida Latviyani sinovdan o‘tkazgan Turkiya terma jamoasi so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol tufayli ikki ochkodan mahrum bo‘ldi. Qozog‘iston terma jamoasi esa tarixiy g‘alabaga yaqin kelgandi. Lekin yon qo‘shnilarimiz ham so‘nggi daqiqalarda o‘z darvozalaridan ikkita to‘p olib chiqib, mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.

Ayni vaqtda bu guruhda 7 o‘yinda 18 ochko jamg‘argan Islandiya (to‘plar nisbati +12) yetakchilik qilmoqda. Chexiya esa 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda (to‘plar nisbati +5). Guruhda favorit sifatida qaralgan Gollandiya hisobidagi ochkolar 10taligicha qoldi (to‘plar nisbati +6). Turkiya 9 ochko bilan to‘rtinchi (to‘plar nisbati -1) bo‘lib turibdi. Latviya va Qozog‘iston esa 4 va 1 ochkolari bilan guruhning eng so‘nggi o‘rinlarida qolmoqda.

TURKIYa – LATVIYa 1:1 (0:0, 1:1)

“Konya Byuyukshexir Stadi”
Gollar: 1:0 – 77 Inan, 1:1 – 90 Shabala.
Ogohlantirishlar: Tarasov (9), Tufan (32), Vanin (34), Shabala (90), Vishnyakov (90).

CheXIYa – QOZOG‘ISTON 2:1 (0:1, 2:0)
“Doosan-Arena”
Gollar: 0:1 – 21 Logvinenko, 1:1 – 74 Shkoda, 2:1 – 86 Shkoda.
Ogohlantirish: Shomko (42).

GOLLANDIYa – ISLANDIYa 0:1 (0:0, 0:1)
“Amsterdam Arena”
Gol: 0:1 – 51, penalti Sigurdsson.
Chetlatish: Martins Indi (33).

“B” guruhi.

V guruhida esa Isroil Andorrani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa 6 o‘yindan 12 ochko jamg‘argan (to‘plar nisbati +5). Guruh peshqadami Uels Garet Beylning goli evaziga safarda Kiprni mag‘lub etib qaytdi va ochkolari sonini 17taga yetkazib oldi (to‘plar nisbati +8). Belgiya esa bosniyaliklarni 3:1 hisobida mag‘lub etganidan keyin 14 ochko bilan ikkinchi o‘rinda (to‘plar nisbati +11). Shuningdek, Kipr hisobida 9, Bosniya va Gertsogovinada 8 ochko mavjud. Guruh autsayderi Andorrada esa ochko yo‘q.

ISROIL – ANDORRA 4:0 (4:0, 0:0)

“Sammy Ofer Stadium”
Gollar: 1:0 – 3 Zaxavi, 2:0 – 22 Biton, 3:0 – 26, penalti Xemed, 4:0 – 38 Dabur.
Ogohlantirishlar: Veyra (46), Xemed (46), San-Nikolas (58), Rubio (87).

BeLGIYa – BOSNIYa VA GeRTseGOVINA 3:1 (2:1, 1:0)
“Qirol Boduen” stadioni
Gollar: 0:1 – 15 Jyeko, 1:1 – 23 Fellayni, 2:1 – 43 de Bryuyne, 3:1 – 78, penalti Azar.
Ogohlantirishlar: Kolashinats (54), Shunich (77), Lulich (87).

KIPR – UELS 0:1 (0:0, 0:1)
“Neo GSP” stadioni
Gol: 0:1 – 82 Beyl.

“H” guruhi.

N guruhi peshqadami Xorvatiya 7 turni safarda Ozarboyjonga qarshi o‘tkazib, nursiz durang qayd etdi. Endilikda xorvatlar 15 ochkoga ega bo‘lishgan (to‘plar nisbati +13). Ikkinchi o‘rinda esa bu turni Maltani 1:0 hisobida mag‘lub etish orqali o‘tkazgan Italiya egallab turibdi - 15 ochko (to‘plar nisbati +5). Bolgariyani kichik hisobda mag‘lub etib qaytgan Norvegiya esa 13 ochko bilan uchinchi o‘rinda (to‘plar nisbati 0)

OZARBAYJON – XORVATIYa 0:0 (0:0, 0:0)
“Baksel-Arena”
Ogohlantirishlar: Vida (43), Rakitich (77), Kurbanov (79), Agayev (82), Garayev (90), Kovachich (90).

BOLGARIYa – NORVeGIYa 0:1 (0:0, 0:1)
“Bolgarska armiya” stadioni
Gol: 0:1 – 57 Forren.
Ogohlantirishlar: Xegli (20), Tetti (40), Popov (45), Minev (89), Shelbred (89).

ITALIYa – MALTA 1:0 (0:0, 1:0)
“Artemio Franki” stadioni
Gol: 1:0 – 69 Pelle.
Ogohlantirishlar: Fenech (35), Kandreva (87).

Qolgan guruhlardagi o‘yinlar bugun o‘tkaziladi.

Top