11:31 / 04.09.2015
3242

Gvatemalaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Gvatemala prezidenti Otto Peres Molina o‘z iste'fosini e'lon qilganidan bir necha soat o‘tib hisbga olindi, deb yozdi The New York Times nashri.

Endilikda sobiq prezident Gvatemala poytaxtidagi Matamoros qamoqxonasida sud hukmini kutadi.

Sud eshittiruvi jarayonida mamlakat bosh prokurori olti soatlik muhokamalarning audioyozuvini taqdim etdi. Molina sud zalidan xotirjam holda chiqib, jurnalistlarga faqatgina eshitish o‘tgani, oldinda esa tergov jarayonlari borligini aytib o‘tdi.

“Biz gvatemalaliklar qonunlarni hurmat qilishimiz kerak va men aminmanki, mazkur jarayonda ham qonun hurmat qiliniladi”, – deya ta'kidladi sobiq prezident.

Molina mamlakat bojxona organlarida aniqlangan katta miqdordagi poraxo‘rlik ishida ayblanmoqda.

Avvalroq BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Gvatemaladagi prezidentlik saylovini osoyishtalikda o‘tkazilishiga chaqirgan edi.

Bundan oldinroq, Gvatemala prezidenti Otto Peres Molina iste'foga chiqqni haqida xabar berilgandi.

Uning iste'fosiga mamlakat bosh sudyasi tomonidan uning hibsga olinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, sud Gvatemala prezidentining daxlsizlik huquqidan mahrum etib, unga mamlakatni tark etishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Top