12:07 / 04.09.2015
2314

IFA 2015: ko‘ngilochish uchun Lenovo IdeaCentre AIO 700 monobloki

Monoblok kompyuterlar 24 va 27 displeylarga ega versiyalarda taklif qilinadi. 24 dyuymli versiyada ko‘rsatish qobiliyati 3840 × 2160 nuqtani (4K Ultra HD formati), 27 dyuymli versiyada esa 1920 × 1080 nuqtani (Full HD) tashkil qiladi.

Bir vaqtning o‘zida o‘ntagacha barmoq tekkazishni tanish imkoniyatiga ega sensor boshqaruv qo‘llab-quvvatlanadi.
Monobloklarning qurilmaviy asosini Intel Skylake (6-avlod Core chiplari) platformasi tashkil qiladi. Tezkor xotira hajmi 16 Gb gachani, qattiq disk hajmi esa 2 Tb gachani tashkil qiladi. Ko‘pformatli kardrider ko‘zda tutilgan.

Videoost tizimi 2 Gb xotiraga ega NVIDIA GeForce GTX 950 diskret grafik tezlashtirgichidan foydalanadi. Kompyuterga JBL dinamiklari, Wi-Fi 802.11b/g/n/ac va Bluetooth 4.0 simsiz aloqa adapterlari, 1080r-video ni qo‘llab-quvvatlovchi veb-kamera (Intel RealSense 3D-kamerasi o‘rnatilishi mumkin) o‘rnatilgan. USB 3.0 va HDMI portlari ko‘zda tutilgan.

IdeaCentre AIO 700 seriyasidagi monoblok kompyuterlar Windows 10 Home operatsion tizimi va Lenovo’ning o‘z dasturiy ta'minoti to‘plami o‘rnatilgan holda oktabrdan 900 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

Top