19:43 / 04.09.2015
3196

Koreya Respublikasining In Xa Universiteti gospitali delagatsiyasi O‘zbekistonda ortopedik nuqsoni bo‘lgan bolalarni bepul operatsiya qiladi

2015 yil 7-8 sentabr kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bolalar ortopediyasi va travmotologiyasi bo‘limida Koreya Respublikasi mutaxassislari tomonidan ortopedik nuqsoni bo‘lgan bolalar bepul operatsiya qilinadi. Bu haqda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Shuningdek, koreyalik mutaxassislar 7-8 sentabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi (Toshkent shahar Yunusobod tumani Sh.Rashidov ko‘chasi 94a-uy), 9 sentabr kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Surankent qishlog‘i “Ariran” qariyalar uyi va 10-11 sentabr Navoiy shahri Xalqaro aeroport binosida ham bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatadi.

Ma'lumot o‘rnida, 2014 yilning 22-29 iyun kunlari Koreya Respublikasining In Xa Universiteti gospitali malakali shifokorlari yurtimizga tashrif buyurib, jami 1000 nafardan ortiq aholini, asosan ayollar va bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan. In Xa Universiteti gospitali va “Sog‘lom avlod uchun” fondi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar 2011 yilda yo‘lga qo‘yilgan.

Top