15:55 / 04.09.2015
2578

O‘zbekiston Eronga o‘zining yangi tayinlangan elchisini jo‘natdi

Bugun, 4 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasiga yangi tayinlangan favqulotda va muxtor elchisi Bahodir Abdullayev Eronga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Bahodir Abdullayev yangi lavozimga tayinlanguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida faoliyat olib borgan.

Top