16:56 / 04.09.2015
3923

Qozog‘istonlik 56 yoshli ayol to‘lanmagan kreditlar sababli o‘zini yoqib yubordi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida 56 yoshli ayol o‘z ustiga benzin quyib, yoqib yubordi. O‘t maktab ishchilari va o‘quvchilar tomonidan o‘chirilib, ayol shifoxonaga yetkazilgan, deya xabar berdi Otyrar.kz sayti.

Ushbu voqea shahardagi maktablardan birida, Toshkent vaqti bilan 8:30larda sodir bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, ayol ushbu maktabda texnik xodim bo‘lib ishlagan. Taxminlarga ko‘ra, o‘z-o‘zini o‘t qo‘yishiga jabrdiyda to‘lay olmagan kredit mablag‘i sabab bo‘lishi mumkin. Chunki u bankdan olgan kredit mablag‘larini to‘lay olmasdan, qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qolgan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir. Bemor 3-darajali kuyish jarohatini olgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Top