10:58 / 04.09.2015
4035

Rossiya terrorizmga qarshi yana bir koalitsiya tashkil etishni taklif qilmoqda

Mamlakat prezidenti Vladimir Putin Rossiya terrorizmga qarshi kurashuvchi yana bir xalqaro koalitsiya tuzishni rejalashtirmoqda.

“Biz chindan ham terrorizm va ekstremizga qarshi kurash olib boruvchi qandaydir koalitsiya tuzishni istaymiz. Buning uchun biz amerikalik hamkorlarimiz bilan maslahatlashuv olib borayapmiz”, – dedi Putin.
Prezidentning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Barak Obama bilan mazkur masalada telefon orqali suhbat olib borgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Iordaniya, Misr va boshqa hamkor mamlakatlar rahbarlari bilan ham suhbatlashilgan.
Qo‘shimcha ravishda, nafaqat siyosiy, balki harbiy yo‘nalishda ham muzokaralar olib borilayotgani aytib o‘tildi.

Rossiya prezidenti AQSh boshchiligida IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilish Rossiya kun tartibida yo‘q ekanini ham ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriyaga “texnika, harbiy xizmatchilarni tayyorlash va qurollar bilan yetarlicha jiddiy ko‘mak” ko‘rsatib kelmoqda va harbiy shartnomalarni bajarmoqda.

Top